"Liverpul" "Lids" to'purarini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Lids" hujumchisi Patrik Bemford faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Express nashri.
Manbaga ko'ra, "Liverpul" 28 yoshli ingliz futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda.
Hujumchiga mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Bemford 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
2020/21 yilgi mavsumda forvard APLning 37 o'yinida 17 gol va 8 golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261