Koman Premer-ligada o'ynashni xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Bavariya" hujumchisi Kingsli Koman kelasi yili jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Le10sport nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsuz futbolchi o'zini Premer-ligada sinab ko'rmoqchi bo'lgani uchun Myunxen bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emas.
Frantsuzning "Bavariya" bilan amaldagi shartnoma 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Koman 39 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363