"Futbol — bu faqat pul degani emas" — Ektor Belerin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Arsenal" futbolchisi Ektor Belerin bu mavsum Ispaniyaning "Real Betis" klubiga ijaraga berildi. 26 yoshli futbolchi fikricha u faqat pul uchun bu ko'chishni amalga oshirmadi.
U hissiyotlar rol o'ynaydigan klubga o'tganini ta'kidlaydi. Belerin Arteta jamoasida muhim bo'lmay qolgan edi. U o'tgan mavsumning so'nggi 13 ta o'yinida atigi 3 tasida maydonga tashlangan.
Belerinning aytishicha, uning otasi Andalusiya klublaridan birida o'ynashini istagan. "Barselona" akademiyasi bitiruvchisi futbolda faqat pul emas, balki hissiyotlar ham kerak ekanini aytadi.
Belerin qariyb 10 yillik davr mobaynida "Arsenal"da faoliyat yuritdi. Bu paytda u 239 ta o'yinda maydonga tushib, 3 marta Angliya kubogini qo'lga kiritgan. Belerin 2015-16 yilgi mavsumda Angliyada yil o'yinchisi deb topilgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
316