"Chelsi" etakchisi 10 kunga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

"Chelsi" vingeri Kristian Pulishich APL 4-turi doirasidagi "Aston Villa" va 5-turdagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinida to'pig'idan olgan jarohati tufayli o'tkazib yuborishi mumkin.
"Afsuski, u kecha qo'ltiq tayoqchada keldi, to'pig'idan jarohat oldi va 10 kunga safdan chiqdi", - deydi "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel.
Pulishich 8 sentabr, chorshanba kuni AQSh va Gonduras o'rtasidagi JCh-2022 uchun saralash o'yini vaqtida jarohat oldi (4:1).
Eslatib o'tamiz, Pulishich 2019 yilning qishida "Borussiya D"dan 64 million evro evaziga "Chelsi"ga ko'chib o'tdi. Premer-liganing joriy yilgi mavsumida futbolchi "Kristal Pelas" bilan bitta o'yinda maydonga tushib, 1 gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316