Ronalduning yaqin do'sti uni Messi bilan solishtirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

Ronalduning yaqin do'sti hamda UFC yulduzi Habib Nurmagamedov CriRo haqida fikr bildirib o'tdi. U "Sport24" nashriga bergan intervyusida shunday deydi:
"Krishtianu 17 yildan beri o'z faoliyati cho'qqisida turibdi. 2004 yilda u yosh bo'lishiga qaramasdan, Evropa chempionati finalida edi. Hozir 2021 yil va u hali-hamon gollar urmoqda. Futboldan bundan ortiq fenomen o'yinchi bo'lmasa kerak. Messi 12 yildan beri yuqori darajada, Ronaldu esa 17 yildan buyon..."
Krishtianu Ronaldu 21,4 million funt evaziga "MYu"ga qaytdi. U 2007 yilda 94 million funtga "Real"ga sotib yuborilgan edi. Futbolchi "Nyukasl"ga qarshi o'yinda APLda yana debyut qilishi kutilmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306