APL klublari FIFA taqiqiga bo'ysunmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

FIFA tomonidan taqiqqa uchragan Angliya premer-ligasi klublari mazkur qarorga bo'ysunmoqchi emas. Ular navbatdagi uchrashuvlarda braziliyalik futbolchilarni maydonga tushirishmoqchi. Bu haqda jurnalist Martin Lipton xabar tarqatdi.
Klublar, shuningdek, bunday holat uchun bir-birining ustidan shikoyat qilmaslikka kelishib olishdi.
FIFA esa qarorga bo'ysunmaganlik uchun klublardan ochko olib tashlash huquqiga ega emas. Bu huquq Premer-ligaga tegishli.
Eslatib o'tamiz, FIFA Braziliya futbol konfederatsiyasi talabiga binoan "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Lids" klublarining sakkiz nafar futbolchisiga 5 kun davomida klublarda o'ynashni taqiqlab qo'ygandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308