«Napoli»ga qarshi bahs oldidan «Yuventus»ning bir qator futbolchilari safdan chiqqan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Turinning «Yuventus» klubi asosiy futbolchilari Italiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan «Napoli» bilan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi tufayli lotin amerikaliklar ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishadi.
Ular qatorida Paulo Dibala, Xuan Kuadrado, Aleks Sandro, Danilo va Rodrigo Bentankurlar bor. Bundan tashqari, Federiko Keza Italiya terma jamoasi safida jarohat olgan, Artur va Kayo Xorxe kasalxonada davolanmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Napoli» - «Yuventus» uchrashuvi ertaga, 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292