Biritaniya hukumati braziliyalik futbolchilarga qo'yilgan taqiqni olib tashlash uchun FIFA bilan muzokara o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Biritaniyaning The Telegraph nashri xabar berishicha, APL rasmiylari va futbol federatsiya rahbarlari FIFAning Premer-ligani braziliyalik futbolchilariga nisbatan qo'yilgan taqiqni bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Ammo, manbaja aytilishicha, Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) hali o'z shartidan voz kechmagan.
Avvalroq, FIFA CBF talabiga binoan "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Everton" va "Lids" klublarining sakkiz nafar futbolchisiga 5 kun davomida klublarda o'ynashni taqiqlab qo'ygandi.
Bunga Angliya Premer-ligasidagi klublar braziliyalik futbolchilarni Braziliya terma jamoasiga qo'yib yuborishdan bosh tortgani sabab bo'lgan. Agar taqiq buzilgan bo'lsa, ingliz klublari sanktsiyalarga duch keladi.
Biroq, bu taqiqni bekor qilish bo'yicha kelishuvga bugun erishish mumkin. Besh kunlik taqiqni talab qilgan Meksika va Paragvay o'z fikridan voz kechishdi.
Britaniya hukumati Janubiy Amerika mamlakatlariga futbolchilarni oktyabr oyidagi navbatdagi xalqaro tanaffus vaqtida o'z terma jamoalariga qo'yib yuborishga va'da berishga tayyor.

Bosh sahifaga
352