"Roma" etakchisi klub bilan shartnoma uzaytirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Roma" rahbariyati yarimhimoyachi Lorentso Pellegrini bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Sky Sport nashri xabariga ko'ra, "bo'rilar" allaqachon futbolchining agentlari bilan uchrashgan va yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlagan. 25 yoshli italiyalikning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va yanvarda u istalgan klub bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.
Biroq, "Roma" sardori jamoani tark etish haqida o'ylamayapti va yangi shartnoma imzolashga tayyor. Manbada aytilishicha, Rim klubi rahbariyati vaziyatni tushunadi va Lorentsoga yaxshi shaxsiy shartnoma taklif qiladi.
Eslatib o'tamiz, Pellegrini joriy mavsum A Seriyaning ikkita o'yinida maydonga tushib, ikkita gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326