Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gyunesh iste'foga chiqarildi.
Niderlandlar jamoasidan 1:6 hisobidagi mag'lubiyat Turkiya termasi bosh murabbiyi Shenol Gyunshega qimmatga tushdi. Turkiya futbol federasiyasining xabariga ko'ra, murabbiy iste'foga chiqarilgan.
«Murabbiy bilan uchrashib gaplashib olganimizdan so'ng, biz hamkorlikni to'xtatishga kelishdik. Biz hurmatli ustozga turk futboliga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz va shaxsiy hayotiga omad tilab, doimo sog' bo'lishini so'rab qolamiz» deyiladi TFF xabarnomasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289