Verner kelajagi borasida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Hujumchi Timo Verner "Chelsi"ni tark etish niyatida emas, deb xabar beradi 90min nashri.
Manbaning ta'kidlashicha, germaniyalik forvard o'z kelajagi borasida aniq to'xtamga kelmagan va hozirgi vaqtda Verner transfer haqidagi savollar haqida o'ylamoqchi emas. Futbolchi "aristokratlar" asosiy tarkibda joy olish uchun kurashmoqchi.
Qayd etilishicha, Timo joriy mavsum tugashi bilan takliflarni qayta ko'rib chiqishga tayyor.
Avvalroq, Vernerga Germaniyaning "Bavariya" klubidan taklif borligi, shuningdek, Italiya "Inter" klubiga o'tishdan bosh tortgani haqida ma'lumot bor edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289