"Inter" murabbiyi 20 yoshli iqtidorni sotishga yo'l qo'ymadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi hujumchi Martin Satrianoning yozgi transfer oynasiga ketishiga to'sqinlik qildi.
Bu haqda 20 yoshli urugvaylik hujumchining agenti Nik Maytum FCInterNews nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Italiya va xorijiy jamoalar unga qiziqish bildirishdi. "Kalyari" va "Brest" Martinga jiddiy tarzda qiziqish bildirgan edi. Ammo, Inzagi uni jamoada olib qolishni xohladi va ketishiga to'sqinlik qildi. Murabbiy g'oyasini klubdagi hamma qo'llab -quvvatladi, chunki bu yosh futbolchining kelajagi uchun yaxshi imkoniyatdir", - deydi agent.
Ta'kidlash joizki, Satriano yangi mavsumda "Jenoa"ga (4: 0) qarshi bahsda 14 daqiqa harakat qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288