O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga katta murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.
Endilikda yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi sifatida Olim Muhammedov Muzaffarovich faoliyat olib boradi.
Ma'lumot uchun, Olim Muhammedov 1973 yil 9 iyun kuni Buxoroda tavallud topgan. Sport ustasi. Abbos Atoev, Fazliddin G'oibnazarov, Shahram G'iyosov va yana bir qator bokschilarimizning muvaffaqiyatlarida ushbu mutaxassisning ham xizmati katta. Bir qator xorijiy mamlakat terma jamoalarida murabbiy sifatida ishlagan.
Bungacha ushbu lavozimda Hamid Tangribergenov faoliyat olib borardi. O'zbekiston boks federatsiyasi Hamid Tangribergenovga uzoq yillik mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
313