Chirchiqda yosh qilichbozlarimiz bellashishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Chirchiq shahrida 23 yoshgacha bo'lgan qilichbozlar o'rtasida O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Ortda qolgan kun mobaynida rapira yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unga ko'ra, qizlar o'rtasida samarqandlik Umida Ilyosova, yigitlar o'rtasida esa andijonlik Ahmadilloxon Solihojiev g'alaba qozonishdi. Batafasil:
Yakkalik, qizlar:
1. Umida Ilyosova (Samarqand)
2. Marjona Usmanova (Andijon)
3. Kamila Mirzaeva (Toshkent)
3. Madinabonu Parpieva (Toshkent)
Yakkalik, yigitlar:
1. Ahmadilloxon Solihojiev (Andijon)
2. Anvarxon Solihojiev (Andijon)
3. Muslimbek Mirzaalimov (Andijon)
3. Muhammadyusuf Asranov (Andijon)
Jamoaviy, qizlar:
1. Toshkent
2. Andijon
3. Farg'ona
Jamoaviy, yigitlar:
1. Andijon
2. Toshkent
3. Farg'ona
---

Bosh sahifaga
287