"Napoli"ga qarshi bahs oldidan "Yuventus"da jiddiy yo'qotishlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Yuventus" hujumchisi Federiko Keza jarohati tufayli A Seriyaning 3-turi doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.
Futbolchi Italiya terma jamoasi tarkibidagi mashg'ulot paytida jarohat olgan. Tibbiy ko'rikdan so'ng, Kezada jiddiy jarohati aniqlanmadi, biroq u shanba kungi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Shuningdek, Paulo Dibala, Danilo, Aleks Sandro, Rodrigo Bentankur va Xuan Kuadrado mazkur bahsda qatnashmaydi. Sababi, futbolchilar bir qancha vaqt terma jamoa lagerida bo'lishda va ulargabiroz vaqt dam olishiga imkon berilmoqda.
"Napoli" - "Yuventus" uchrashuvi ertaga, 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Boshlanish vaqti - 21.00 (Toshkent vaqti bilan).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293