Xandanovich: «Donnarumma dunyoning eng yaxshi darvozaboniga aylanishi mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

«Inter» darvozaboni Samir Xandanovich Janluiji Donnarumma haqida gapirdi.
Sloveniyalikning fikricha, «PSJ» o'yinchisi dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo'lishga qodir.
«Donnarumma eng yaxshi bo'lish uchun barcha fazilatlarga ega. Ammo hozir men boshqalardan sezilarli darajada ustunroq bo'lgan darvozabonni ko'rmayapman», – dedi Xandanovich.
Eslatib o'tamiz, Donnarumma yozda «Milan» dan «PSJ»ga erkin agent sifatida o'tgandi. Parij klubi tarkibida u hali maydonga tushmagan.
Shuningdek, yozda darvozabon Italiya terma jamoasida Eropa chempioni bo'ldi. Darvozabonning o'zi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253