"Yuventus" Chuameni uchun kurashda "Chelsi"ni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Turinning "Yuventus" klubi "Monako" yarimhimoyachisi Orelen Chuameni uchun Londonning"Chelsi" klubini ortda qoldirdi.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" hozirda Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan 21 yoshli yarimhimoyachini sotib olish uchun asosiy favorit hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Orelen Frantsiya terma jamoasidagi debyutidan keyin uning narxi ko'tarilishda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Chuameni Frantsiya chempionatida to'rtta uchrashuv o'tkazgan. Futbolchining shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247