MDH o'yinlaridagi medallarimiz 80 taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Qozon shahrida o'tkazilayotgan birinchi MDH o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasining qo'lga kiritgan medallari soni 80 taga etdi. Ortda qolgan kunda yosh sportchilarimiz 13 ta medalga sazovor bo'lishdi.
Medallarimiz o'q otish sporti va dzyudoga to'g'ri keladi. Yosh mergan qizimiz Dilafro'z Qobiljonova o'z toifasida kumush medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, dzyudochilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamoamiz hisobiga keltirishdi. Batafsil:
Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Kumush medal:
-63 kg: Farangiz Hojieva
-81 kg: Nurbek Murtazoev
Bronza medal:
-66 kg: Dilshodbek Yo'ldoshev
-100 kg: Suhrob Rajabov
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: Farangiz Xolmurodova
-78 kg: Irisxon Qurbonova
+78 kg: Fotima Quramboeva
Bugungi medallar bilan hisoblaganda delegatsiyamiz 21 ta oltin, 29 ta kumush va 30 ta bronza, jami 80 ta medalga egalik qilmoqda. Umumjamoa hisobida O'zbekiston Rossiyadan so'ng 2-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
296