Berardi uchun kurashga ikki grand jamoa qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

«Sassuolo» vingeri Dominiko Berardi yozda hozirgi jamoasini tark etish istagini bildirgan, ammo futbolchining rasmiy transferi amalga oshmadi.
Mish-mishlarga qaraganda, «Atalanta» Italiya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi bo'lgan.
Ammo, jurnalist Daniele Longoning so'zlariga ko'ra, endi Berardi uchun kurashga «Lester» va «Milan» ham qo'shiladi.
Ikkala klub ham potentsial transfer imkoniyatlarini o'rganmoqda. Manbaga ko'ra, «Sassuolo» o'z etakchisi uchun kamida 35 million evro so'ramoqda.
E'tiborlisi, A Seriyaning so'nggi mavsumida italiyalik 30 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379