«Kamtarin» Zlatanga ta'rif
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Angliyalik sobiq futbolchi Eshli Koul «Los-Anjeles Gelaksi»dagi sobiq jamoadoshi Zlatan Ibragimovich bilan o'ynaganini esladi.
«Ibragimovichda ikkita shaxsiyat bor. Biz bilan kiyinish xonasida u kuchli xarakterga ega - sokin va juda kamtarin.
Ammo ommaviy axborot vositalari uchun u xudo edi”, - deydi Koul Football Italia sahifalarida.
«Zlatan echinish xonasiga kelib, futbolchilarga o'z xatolarini aytgan paytlari bo'lgan. U: «Siz yugurolmaysiz» yoki «Siz sekinsiz» kabi gaplarni aytardi. Ammo uning shaxsiyati OAV oldida o'zgardi”, - deya qo'shimcha qildi ingliz.
Ayni paytda Zlatan Ibragimovich «Milan»da o'ynamoqda, Eshli Koul esa allaqachon nafaqaga chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255