«Barselona» prezidenti Laporta Kumanni to'liq qo'llab-quvvatlashini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
''Men Kumanni har tomonlama qo'llab-quvvatlayman va hurmat qilaman. Ronald buni biladi. Agar u to'satdan xato qilsa, men uni tuzataman. Shu bilan birga, men asosiy tarkib qanday bo'lishi kerakligi haqidagi tasavvurimdan voz kechmayman. Ronald buni tushunadi. Menga u bilan ishlash ancha qulay. Murabbiyimizga ishomishda davom etaman. U sport masalalarida hamma kuchga ega. Bu borada u bizning qo'llab -quvvatlashimiz, hurmatimiz va ishonchimizga ega'', – deya Laportaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343