Roys "Bayer"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Borussiya Dortmund" klubi bosh murabbiyi Marko Roze yarim himoyachi Marko Roysning holati haqida gapirdi.
"Marko allaqachon o'zini yaxshi his qilmoqda, biz uni keyingi turda o'ynashini
rejalashtiryapmiz", - deya Rozening so'zlarini keltirdi nemis klubi matbuot xizmati.
Roys 2021/22 yilgi mavsumda "Borussiya" safida 5 o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
32 yoshli futbolchi tizzasidagi muammolar tufayli Islandiya bilan o'yinni (4:0) o'tkazib yuborgandi. Eslatib o'tamiz, "Bayer" - "Borussiya D" uchrashuvi 11 sentyabr kuni bo'lib
o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340