Son Xin Min jarohati haqida ma'lumot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Bento "Tottenxem" hujumchisi Son Xin Minning jarohati haqida ma'lumot berdi. Futbolchi terma jamoasi joylashgan xududni tark etib, Londonga qaytdi.
"Dam olish kunlari bo'lib o'tgan mashg'ulot paytida Son og'riqni his qildi.
Ertasi kuni u mashg'ulotga qaytdi, lekin o'zini yana noqulay his qildi. Biz Livan bilan o'yinda tavakkal qilmaslikka qaror qildik va "Tottenxem" joylashgan bazaga jo'natdik", - dedi Bento.
11 sentyabr, shanba kuni "Tottenxem" "Kristal Pelas" ga qarshi o'ynaydi. "Shporlar" matbuot xizmati hozircha Son mazkur bahsda qatnasha oladimi yoki yo'qmi ma'lumot bermagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339