"Roma" etakchisi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Roma" yarimhimoyachisi Lorentso Pellegrini Rim klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira tvitterdagi sahifasida.
Manbaga ko'ra, kelasi hafta 25 yoshli italiyalik yarimhimoyachining agenti yangi shartnoma imzolanishini yakunlaydi. 30 million evro miqdoridagi to'lov shartnomadan olib tashlanadi va maoshi yiliga 3 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Lorentso Pellegrini "Roma" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394