Flik: «Jamoam hali tayyor emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik JCh-2022 saralashidan o'rin olgan Islandiyaga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi. Bu haqda «Bayern & Germany» nashri xabar bermoqdadi. Uchrashuvda nemislar 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
«Bizda faqat bir nechta mashg'ulotlar bo'ldi. Maqsadimiz uch o'yinda g'alaba qozonish edi va bunga erishdik. Oldinga qadam tashladik. Jamoa hali tayyor emasdi, ammo to'g'ri yo'lda. Yigitlar kuchini ko'rsatdi. Verner 90 daqiqadan iborat uchta o'yin o'tkazdi, bu katta kuch talab qiladi. Shuningdek, u har bir o'yinda to'p kiritmoqda. Demak, u ham to'g'ri yo'lda», — dedi Flik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
393