Jerom Boateng zo'ravonlikda ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Lion"ning yangi futbolchisi Jerom Boateng jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Frantsiya OAVlari xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 9 sentabr, payshanba kuni 33 yoshli nemis futbolchisi Myunxendagi sudda qatnashadi. Manbada aytilishicha, 2018 yil ta'til vaqtida futbolchi ayol kishiga nisbatan zo'ravonlikda ayblagan. Ayolning so'zlariga ko'ra, futbolchi uni urgan.
Ta'kidlash joizki, ushbu sud jarayoni o'tgan yilning dekabr oyida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo guvohlardan biri koronavirusga chalingani sababli mazkur jarayon qoldirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387