Keyn Angliya terma jamoasi tarmxidagi to'purarlar top-beshligidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida 41 ta gol urdi. Angliyalik yulduz kecha JCh-2022 saralashining 6 -turi doirasidagi o'yinda Polsha darvozasiga o'zining yana bir golini kiritdi.
Mazkur gol Keynning "uch sherlar" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar top beshligiga kirishiga yordam berdi. U Maykl Ouenni eng yaxshi beshlik (40) orasidan chiqarib yubordi.
Eslatib o'tamiz, Harridan ko'proq gol urgan futbolchilar Jimmi Grivz (44), Gari Lineker (48), Bobbi Charlton (49) va Ueyn Runi (53) hisoblanishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
397