MDH o'yinlari: Muay-taychilarimizdan sakkizta medal
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Qozon shahrida o'tkazilayotgan birinchi MDH o'yinlarida jamoamizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Ortda qolgan kun bahslarida 8 ta medalga sazovor bo'ldik.
Barcha medallar jamlanmasiga muay-taychilarimiz mualliflik qilishdi. Yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallari delegatsiyamiz g'aznasiga qo'shib qo'yildi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin:
-57 kg: Faxriddin Hasanov
Kumush:
-63,5 kg: Parviz Abdullaev
Bronza:
-60 kg: Davlatshoh Shamsiev
-67 kg: Rahimjon Boltaboev
-71 kg: Karimjon Karimov
-75 kg: Azizbek Madaminov
-81 kg: Shahramxon Hasanov
-91 kg: Ismatilla Ismatillaev
Shuning bilan, delegatsiyamizning medallari soni 67 taga (17 ta oltin, 26 ta kumush va 24 ta bronza) etdi va umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi pog'onada turibmiz.

Bosh sahifaga
394