APL Evropaning barcha ligalarini ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

Premer-liga klublari hozirgi tarkiblar uchun 8 milliard evrodan ko'proq mablag' sarflashdi. Bu Evropaning boshqa ligalaridan ikki baravar ko'p.
CIES Football Observatory nashri tahliliga ko'ra, ingliz klublari A Seriya (3,38 milliard evro), La-Liga (3,26 milliard evro), Liga 1 (2,68 milliard evro) va Bundesliga jamoalari(2,33 milliard evro)dan ko'proq mablag' sarflagan.
Manchester jamoalari Evropadagi eng qimmat klublar sanaladi:
"Manchester Siti"ning qiymati 1,078 milliard evroga teng. "Shaharliklar"dan keyingi pog'onalarni "Manchester Yunayted" (1,021 mlrd evro), "Chelsi" (779 mln evro), "Liverpul" (670 mln evro), "Arsenal" (631 mln evro) hamda "Tottenxem" (549 million evro) jamoalari band qilishgan.
Shuningdek, "PSJ" Evropadagi ingliz bo'lmagan eng qimmat klub hisoblanadi. Jamoa tarkibi 955 million evroga baholanmoqda.
"Arsenal" yozgi transfer oynasi vaqtida eng ko'p pul sarflagan Evropa jamoasiga aylangan. "Kanonirlar" xaridlar uchun 182,6 million evro xarajat qilgan.

Bosh sahifaga
423