O'FA mutasaddilari Toshkent shahri va Do'stlikdagi qurilish ishlari bilan tanishishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Ravshan Ermatov Toshkent shahridagi futbol mahorat maktabining qurilish-rekonstruktsiya ishlarini ko'zdan kechirib, mas'ul quruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida Turizm va sport vazirligining DUK sport infratuzilmasi qurilishiga mas'ul bo'lgan Nodir Murotov bilan birgalikda akademiyaning qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish, inshootning yotoqxona va oshxonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash kabi masalalar muhokama etildi.
Shundan keyin O'FA birinchi vitse-prezidenti boshchiligidagi mutaxassislar «Do'stlik» akademiyasiga tashrif buyurishdi. Bu erdagi qurilish-rekonstruktsiya ishlari bilan ham tanishilib, oldinda turgan vazifa va loyihalar bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Uchrashuvda hududlardagi futbol akademiyalari faoliyati, xususan yosh tarbiyalanuvchilar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, turli yosh toifasidagi O'zbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Bosh sahifaga
305