Italiya jahon rekordini yana yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Italiya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Litvaga qarshi maydonga tushib, yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Roberto Manchini jamoasi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 37taga etkazib, milliy va jahon rekordini yangiladi.
Italiya termasining avvalgi rekordi 1935-1939 yillar oralig'ida o'rnatilgan bo'lib, o'shanda Vittorio Potstso qo'lostidagi jamoasi 30ta o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmagan edi.
Jahon rekordi esa bungacha 2ta terma jamoaga tegishli edi. Braziliya 1993-1996 yillarda, Ispaniya esa 2007-2009 yillar davomida 35ta uchrashuvda yutqazmagan edi.
Italiya so'nggi marta 2018 yilning sentyabr oyida Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323