Makron, Messi va Neymar Mbappeni qolishga ko'ndirishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

«PSJ» hujumchi Kilian Mbappeni klub bilan yangi shartnoma imzolashga ishontirishga jiddiy harakat qilmoqchi.
Parijliklar hujumchiga yiliga 25 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilishdi, ammo rad javobini oldi.
Marca xabariga ko'ra, oktyabr oyida parijliklar Mbappega shartnomaning oldingi versiyasiga qaraganda yuqori maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishadi.
Qolaversa, Lionel Messi va Neymar Mbappening qaroriga ta'sir o'tkazishga harakat qilishadi.
Bundan tashqari, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Mbappega ta'sir o'tkazishga harakat qiladi. Manbaga ko'ra, frantsuz hujumchisi siyosatchidan shaxsiy xabarlarni olgan. Makron Mbappe bilan yana bog'lanish ehtimoli ham yo'q emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310