36 yoshli futbolchi A Seriya grandlaridan biriga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Udineze"ning sobiq hujumchisi Fernando Lorente yangi klub izlanishlarini davom ettirmoqda. Erkin agent bo'lgan 36 yoshli ispaniyalik futbolchi o'z xizmatlarini "Inter" va "Yuventus"ga taklif qilgan, ammo A Seriya klublari futbolchiga qiziqish bildirmagan, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Futbolchiga Ispaniya va Angliya chempionatining ikkinchi divizioni jamoalaridan takliflar bor,
lekin Lorente ko'proq nomdorroq klub topishga umid qilmoqda. O'tgan mavsumda forvard A Seriyada 17 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270