La Liga prezidenti "PSJ"ning transfer siyosatini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

La Liga prezidenti Xaver Tebas "PSJ" va ularning transfer siyosatini tanqid qildi.
"PSJ" va Superliganing qilayotgan ishlari juda xavfli. "PSJ" menga jamoadagi ba'zi futbolchilarning yoshini inobatga olgan holda, afsonalar uchun turnirlarni eslatadi. "PSJ" loyihasi hayotiy emasligi haqida ob'ektiv dalillar mavjud. Frantsuz klubi maoshiga 500 million evrodan ko'proq mablag' sarflaydi.
Frantsiyada koronavirus va televidenie daromadi pasayishi oqibatida yo'qotishlarni hisobga olsak, bu qabul qilinishi mumkin emas. Bir necha yil oldin biz "PSJ" va "Man Siti"ni qoralagandik. Shubhasiz, biz buni yana boshlaymiz", - deydi Tebas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271