«Chelsi» himoyachisi bilan kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

«Chelsi» markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jamoa bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasida muzokaralar olib borishdan yiroq.
Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, agar Ryudiger maoshi oshirilsa, «Stemford Bridj»da qolishga tayyor. Antonio hozirda haftasiga 130 ming funt maosh oladi.
Yangi shartnoma bo'yicha nemis haftasiga 200 ming funt olmoqchi. «Chelsi» esa bu tsenariydan mamnun emas.
Ryudigerning «ko'klar» bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan. Agar tomonlar kelisha olmasa, tajribali markaziy himoyachi erkin agent sifatida «Stemford Bridj»ni tark etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255