Premer-liga klublari FIFAning sanktsiyasiga qarshi chiqishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Premer-liganing bir qator klublari futbolchilarni Braziliya terma jamoasiga qo'shilishlariga ruxsat bermadi va buning uchun FIFA mazkur futbolchilarga besh kun davomida hech qanday musobaqalarga qatnashmaslik taqig'ini qo'ydi. Bu taqiq Ederson, Alisson, Fabino, Gabriel Jezus, Tiago Silva, Fred, Rafinya va Roberto Firminoning APLning keyingi bosqichida o'ynashiga to'sqinlik qiladi.
Independent nashri muxbiri Melissa Reddi tvitterdagi sahifasida yozishicha, Premer-liga
klublari FIFA sanktsiyalariga qarshi chiqishmoqchi. Klublar, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyatni hisobga olgan holda, bunday sanktsiyalarga hech qanday asos yo'q deb hisoblaydilar.
Eslatib o'tamiz, Braziliya Buyuk Britaniya hukumatining "qizil ro'yxatiga" kiritilgan. Agar futbolchilar terma jamoa lageriga borganlaridan keyin 10 kunlik karantinda bo'lishlariga to'g'ri keladi va APL jamoalari mazkur sababni asos qilib ko'rsatmoqchi.

Bosh sahifaga
327