Depay bilan selfi tushish qimmatga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Gollandiyada 13 yoshli bolaga stadionga tashrif buyurish taqiqlandi.
Bu qaror mamlakat futbol assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan. Qayd etilishicha, bola Eyndxovenda bo'lib o'tgan Gollandiya-Chernogoriya uchrashuvining 89-daqiqasida Memfis Depay bilan selfiga tushish uchun maydonga yugurgan.
Bolaga 100 evro jarima solindi va 5 yil stadionga tashrif buyurish taqiqlandi.
Boladan tashqari yana 15 kishi maydonga yugurib chiqqan. Bu odamlar ham 5 yil stadion tribunalariga tusha olmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325