«Napoli» futbolchisi «Yuventus»ga qarshi bahsda maydonga tusha oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Napoli»ning nigeriyalik futbolchisi «Yuventus»ga qarshi maydonga tusha oladi. Ya'ni, Osimxenning diskvalifikatsiyasi qisqartirilgan.
Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi. Xabaringiz bor, A Seriya 1-turining «Venetsiya»ga qarshi o'yinida (2:0) futbolchi qizil kartochka oldi va shu bilan 2 o'yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
Keyinchalik «Napoli» apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Neapolliklar futbolchining diskvalifikatsiyasini 1 uchrashuvga qisqartirishga erishdi.
Shu tariqa 22 yoshli hujumchi «Yuventus»ga qarshi maydonga tusha oladi. Uchrashuv 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337