Mourino "Roma"dan yana bir futbolchini sotib olishni talab qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino qishki mavsum uchun asosiy transfer maqsadi haqida qaror qabul qildi. Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik murabbiy "Borussiya M" yarimhimoyachisi Denis Zakariyani jamoaga olib kelish niyatida. Avgust oyida "bo'rilar" 24 yoshli shveytsariyalikning transferi uchun 20 million evro to'lashdan bosh tortishgandi.
Denisning gladbaxliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi, bu shuni anglatadiki, agar yanvarda, agar "Borussiya" yosh yarimhimoyachi bilan hamkorlikni uzaytirishga ulgurmasa, u arzon narxda sotiladi.
Eslatib o'tamiz, Zakariyaning xizmatlariga "Manchester Siti", "Liverpul" va
"Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338