«Yuventus» etakchi futbolchilaridan birining xizmatidan foydalana olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Turinning «Yuventus» klubi Italiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan «Napoli» bilan uchrashuv arafasida etakchi futbolchilardan birini yo'qotdi.
Bu haqda La Gazette dello Sport xabar bermoqda. Jurnalistlarning fikricha, bo'lajak uchrashuvda «keksa sinyora» hujumkor yarimhimoyachi Federiko Kezaning yordamiga umid qila olmaydi.
23 yoshli vinger Italiya terma jamoasi mashg'ulot bazasida jarohat olgan. «Napoli» 11 sentyabr, shanba kuni o'z maydonida «Yuventus»ni qabul qiladi.
Bu o'yindan oldin neapolliklar turnir jadvalida beshinchi, turinliklar esa 12-o'rindan joy olishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313