«Barselona» Koutinoga so'nggi imkonni beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino «Barselona»da o'zini ko'rsatish uchun so'nggi imkoniyatga ega bo'ladi. Football-Espana xabariga ko'ra, jamoa murabbiylar shtabi futbolchini keyingi o'yinlarda maydonga tushiradi. Agar Koutino o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olsa, u katta ehtimol bilan klubda qoladi. Filippe 2018 yil yanvar oyida «Liverpul»dan «Barselona»ga o'tgandi. Yarim himoyachining «ko'k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2023 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan. Koutino joriy mavsum La Ligada birorta ham o'yin o'tkazmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312