Eriksen qachon "Inter" safiga qaytishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Evro-2020 musobaqasida jiddiy jarohat olgan Daniya terma jamoasi va "Inter" yarimhimoyachisi Kristian Eriksen bir oy ichida mashg'ulotlarni davom ettirishi mumkin.
Bu haqida Italiya matbuoti xabar bermoqda. Manbaning ta'kidlashicha, yarimhimoyachi Milanga qaytgan. Hozirda futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Agar natijalar yaxshi natija ko'rsatsa, Eriksen mashg'ulotlarni qayta boshlashi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Kristian Evropa chempionati guruh bosqichi doirasidagi Daniya - Finlyandiya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda xushidan ketib maydonga yiqilgandi. Ma'lum bo'lishicha, uning yuragi to'xtab qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319