«Yuventus» futbolchisi terma jamoadan chetlashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

AQSh terma jamoasi o'z futbolchisi Ueston MakKennini COVID-19 protokolini buzgani uchun diskvalifikatsiya qildi, deb xabar beradi ESPN. Manbaga ko'ra, yarim himoyachi ikki marta protokolni buzgan. Birinchidan, u terma jamoaning bazasini ruxsatsiz tark etdi. Shuningdek, u terma jamoa joylashgan joyga notanish odamni olib keldi.
Shundan so'ng, AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter futbolchini jamoadan chetlatishga qaror qildi. 9 sentyabr kuni AQSh terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Gondurasga qarshi o'ynaydi. Avvalgi o'yinda amerikaliklar Kanada terma jamoasi bilan durang o'ynagan (1:1)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405