Depay Klyuvert rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Niderlandiya Jahon chempionati saralash bosqichida Turkiyani 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Hujumchi Memfis Depay bu uchrashuvda xet-trik qayd etdi, raqib darvozasini 16, 38-(penalti) va 54-daqiqada aniq nishonga oldi.
Bu gollar tufayli u Niderlandiya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Patrik Klyuvertni bir kalendar yilidagi gollar soni bo'yicha quvib etdi, deb xabar beradi Opta.
Joriy yil uchun Depay 12 ta gol urgan. Klyuvert bu rekordni 2000 yilda o'rnatgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389