«Chelsi» o'z himoyachisining shartlariga rozi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

«Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger klubga yangi shartnoma shartlari bo'yicha o'z takliflarini kiritdi.
Eurosport xabariga ko'ra, futbolchi klubdan oylik maoshini yiliga 7,2 million evroga, bir mavsum uchun esa 11,2 million evrogacha oshirishni talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, «Chelsi» futbolchining shartlariga rozi emas. Biroq jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubdan o'yinchini saqlab qolishni so'ramoqda.
Ryudigerning «Chelsi» bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395