"Bavariya" xorvatiyalik 16 yoshli futbolchiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Slaven Belupo" yarimhimoyachisi Lovro Zvonarek faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
Sport Bild nashri xabariga ko'ra, nemis klubi 16 yoshli xorvat pleymeykerining shartnomasini yanvar oyida 1,8 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Bonuslar hisobiga bu summa 5 million evrogacha o'sishi mumkin.
Aytgancha, Zvonarek "Bavariya" akademiyasida faoliyatini davom ettiradi va Myunxen yoshlar jamoalaridan o'yinlariga jalb qilinadi.
Ta'kidlash joizki, Lovro Xorvatiya chempionatida allaqachon joriy mavsumning 7 uchrashuvida maydonga tushgan, ammo hech qanday samarali harakat ko'rsatmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
416