Ikkiyuzlamachi Arsen Venger!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

2013 yil. Kuz. "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger xalqaro uchrashuvlarning ko'pligidan shikoyat qilib, jamoani qayta yig'ish va Premer-ligada yaxshi natija ko'rsatishni qiyinlashtirishi haqida aytdi.
"Terma jamoaning o'yinlari sabab klubni yaxshi holatda saqlashga imkon bermaydi, futbolchiar yig'indan qaytganlarida uzoq vaqt davomida tiklanishadi. Bizda esa mashg'ulotlarga vaqt yo'q - shunchaki o'ynaymiz", - dedi murabbiy mahalliy nashrlarga. Ordan etti yil o'tgach, u "kanonirlar" murabbiyligidan ketdi.
2019 yilda funktsioner FIFAning jahonda futbolni rivojlantirish va targ'ib qilish bo'limi boshlig'i lavozimini egalladi va shu yilning sentyabr oyi boshida Jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish g'oyasini taklif qildi.
"Oktyabr oyida terma jamoalar yig'ilishsa, bir oyda ettita saralash uchrashuvini o'tkazib, keyin esa iyun oyida final turnirini o'tkazsa bo'ladi”, - deb fikr bildirgan 71 yoshli Venger.

Bosh sahifaga
422