Ronaldu "MYu" mashg'ulotlariga qo'shildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" joylashgan bazaga etib keldi. Portugaliyalik allaqachon jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlab yuborgan, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
Mashg'ulot oldidan Ronni "MYu" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan shaxsiy uchrashuv o'tkazdi.
Ronaldu "Manchester Yunayted"ga 27 avgustda qo'shildi. Krishtianu 2003 yildan 2009 yilgacha "qizil iblislar" safida o'ynagan, u erga Lissabonning "Sporting" klubidan ko'chib o'tgan. Hujumchi 2018 yildan buyon "Yuventus"da o'ynaydi. 36 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsumda 29 ta gol bilan Italiya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi. Shuningdek, 2009 yildan 2018 yilgacha Krishtianu "Real"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
420