Jorjino penaltini ayyorona tepadigan futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

UEFA Chempionlar Ligasi g'olibi, Evropa chempioni va UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi. Makzur ma'lumotlarning hammasi italiyalik Jorjino haqida. Sky Sport nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" yarimhimoyachisi ushbu mavsumda penaltini juda chiroyli va aniq tarzda ijro etadigan futbolchiga aylanadi.
Jorjino zarba berish usuli posbonning darvozani qaysidir burchagiga ag'nashini kutadi va shundan so'ng to'pni qarama-qarshi tomonga tepadi. Biroq, uning hamma urishlari ham muvaffaqiyatli yakunlanmagan.
JCh-2022 saralash doirasidagi o'yinida Shveytsariya terma jamoasi darvozaboni Yan Zommer italiyalikning hiylasini payqab qoldi. Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni zarba berishdan oldin joyida turib oldi, so'ng to'g'ri yo'nalishni topib, zarbani qaytardi.

Bosh sahifaga
413