«PSJ»ni inqirozdan qutqarib qolgan afsonaviy aktyor Jan-Pol Belmando vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

6 sentyabr kuni taniqli kinoaktyori Jan-Pol Belmando 88 yoshida vafot etdi.
U "Pari Sen-Jermen" klubining ashaddiy muxlisi bo'lgan. U 1970-yillarda klub vitse-prezidenti sifatida ishlab, qiyin ahvolga tushib qolgan jamoani o'z mablag'lari evaziga inqirozdan qutqarib qolgan.
«Jan-Pol Belmondo Frantsiya kinosi va madaniyatida unutilmas shaxs bo'lib qoladi. «Pari Sen-Jermen» va muxlislar klub tashkil etilgan ilk yillardagi qo'llab-quvvatlash uchun undan hamisha minnatdor bo'lishadi. Bu esa «PSJ»ning rivojlanishiga yordam bergan.
Uning farzandlari, nabiralari, uni yaxshi ko'rgan barcha-barchaga hamdardlik bildiramiz», — dedi «Pari Sen-Jermen» rahbari Nosir al-Helayfiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412